Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga 1,6 milliard dollar ajratiladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni kamaytirish uchun yangi dasturlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Prezident kambag‘allikni qisqartirish uchun mahalliy infratuzilmani rivojlantirish muhim ekanini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, odamlar uchun qanchalik ko‘p yordam berilmasin, mahallalar sharoitlari yaxshilanmasa, kambag‘allikni kamaytirish mushkul bo‘ladi. Shuning uchun kelgusi yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga 1,6 milliard dollar ajratiladi.
Bu mablag‘ning bir qismi – 1,2 trillion so‘mi – suv nasoslari va quyosh panellarini o‘rnatishga, eng og‘ir ahvoldagi 300 ta mahallaga yo‘naltiriladi. Qolgan 2 trillion so‘m esa 500 ta eng muammoli mahalladagi elektr ta’minoti, yo‘llar va internet kabi infratuzilma muammolarini hal qilish uchun sarflanadi.
Buning uchun 250 nafar vazir, ularning o‘rinbosarlari va boshqarma rahbarlari 1 ming eng og‘ir sharoitdagi mahallalarga biriktiriladi. Shuningdek, viloyat va tuman rahbarlariga 5 tadan kambag‘allikda yashovchi oila ajratiladi.
Bu choralar kambag‘allikni tizimli ravishda qisqartirishga qaratilgan bo‘lib, odamlarning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor