Makron tashrifi paytida ikki portlash: Damashqda nima yuz berdi?

Dunyo

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Suriyaga tashrifi davomida joylashgan Damashqdagi Four Seasons mehmonxonasi yaqinida ikki portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 18 kishi, jumladan to‘rt nafar politsiya xodimi jabrlandi.

Makron tashrifi paytida ikki portlash: Damashqda nima yuz berdi?
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, portlashlar vaqtida Fransiya rahbari mehmonxonani allaqachon tark etgan va xavfsiz joyda bo‘lgan. Uning korteji prezident saroyiga yo‘l olgan, u yerda Makron Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashgan.

Suriya rasmiylari portlashlarga ikkita portlovchi qurilma sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Ulardan biri chiqindi qutisiga, ikkinchisi esa to‘xtab turgan avtomobilga joylashtirilgan. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q, hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Makron bir kun avval Suriyaga tashrif buyurgan edi. U 2024-yilda Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin Damashqqa kelgan Yevropa Ittifoqining yirik davlati birinchi rahbari bo‘ldi.

Hodisaga qaramay, Fransiya prezidentining tashrifi davom etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing