Maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlarni jalb etish tartibi belgilandi

O'zbekiston

Joriy yilning 11-fevraldagi 78-sonli hukumat qarori bilan “O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizom o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlarning o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.

Maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlarni jalb etish tartibi belgilandi
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish tartibi;

tadbirkorlar tomonidan maktablarda kasb-hunar to‘garaklarini tashkil etish asoslari;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga berishda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi va tadbirkorlarning majburiyatlari.

Kasb to‘garaklariga kasbga qiziqishi bo‘lgan 7–11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi.

2025 yildan 8-sinf o‘quvchilari uchun sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, agrotexnologiya sohalaridagi korxona va tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etiladi.

2024/2025 o‘quv yili yakunigacha maktablar bitiruvchilarini egallaydigan kasb-hunari bo‘yicha amaliy imtihondan o‘tkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi joriy etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing