Malayziya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Siyosat

17-may kuni «Ko‘ksaroy» qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Malayziya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat milliy madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing