Malayziya sohillarida migrantlar kemasi cho‘kdi: yuzlab odamlar bedarak yo‘qoldi
Dunyo
Malayziya sohillarida Myanmadan kelgan qochqinlarni olib ketayotgan kema halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi qutqarilgan, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan.
Reuters axborot agentligi xabariga ko‘ra, kema Myanmadan chiqqan migrantlarni Malayziya tomon olib ketayotgan edi. Sohilga yaqinlashganda kontrabandachilar ularni qirg‘oq qo‘riqchilari e’tiboridan qochish uchun uchta kichik qayiqga o‘tkazishgan.
Har bir qayiqqa taxminan 100 kishi joylashtirilgan. Ulardan biri sohilga yetmasdan cho‘kib ketgan, qolgan ikkita qayiqning taqdiri noma’lum.
Qutqaruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, kemada asosan Myanmadagi roxinja xalqi vakillari bo‘lgan — ular mamlakatdagi to‘qnashuvlar va insonparvarlik inqirozidan qochgan.
Malayziya va Tailand qutqaruv xizmatlari hodisa joyida ishlamoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, biroq omon qolganlarni topish ehtimoli tobora kamaymoqda.

Powered by Froala Editor