Malayziyaning ulkan Petronas kompaniyasi bilan hamkorlikning yangi qirralari
Iqtisodiyot
V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Malayziya Bosh vaziri huzuridagi Maslahat qo‘mitasi raisi, “Petronas” transmilliy kompaniyasi maslahatchisi Tan Shri Muhammad Hassan bin Marikan bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar ikki tomonlama aloqalarning hozirgi holatini atroflicha tahlil qilib, neft-gaz va gaz-kimyo sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Uchrashuv ishtirokchilari diqqat markazida ilg‘or xorijiy texnologiyalarni samarali joriy etish va investitsiya portfelini oshirish masalalari turdi.
Konstruktiv fikr almashish davomida tomonlar neft-gaz sanoatidagi joriy qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yakunlarini sarhisob qildilar, shuningdek, geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish va istiqbolli uglevodorod resurslari konlarini kompleks o‘zlashtirish imkoniyatlarini batafsil muhokama qildilar. Xomashyoni qazib olish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha yuqori texnologiyali loyihalarni rivojlantirishga alohida urg‘u berildi. Gumanitar-texnik sohadagi kelishuvlar uchrashuvning muhim natijasi bo‘ldi: tomondan muhandis kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida yaqin hamkorlikni davom ettirish niyatini tasdiqlashdi. Ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida ixtisoslashtirilgan ta’lim va tajriba almashish tizimli ravishda “Petronas” universiteti bazasida amalga oshiriladi.

Powered by Froala Editor