Malidagi terakt oqibatida 20 dan ortiq odam halok bo'ldi

Dunyo

Noma’lum qurolli shaxslar mamlakatning markaziy qismidagi Diallassagu qishlog‘iga hujum qildi.

Malidagi terakt oqibatida 20 dan ortiq odam halok bo'ldi
Noma’lum qurollangan shaxslar mamlakatning markaziy qismidagi Bandiagara tumanidagi Diallassagu qishlog‘iga hujum qildi, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi mahalliy OAVga tayanib.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurolli hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 22 kishi yaralangan.

G'arbiy Afrikada "uch mamlakat chegarasi" nomi bilan tanilgan Burkina-Faso, Niger va Mali joylashgan mintaqada so'nggi yillarda Al-Qoida va Daish bilan bog'liq terroristik guruhlarning hujumlari tez-tez uchrab turdi.

Aytish joizki, Malida terroristik tashkilotlar 2013-yildan beri hujumlarini to'xtatmayapti.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing