Mamlakatning eng kuchli bokschilari Toshkentda ringga chiqdi
Sport
Toshkent shahrida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, musobaqada respublikaning barcha hududlaridan 278 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Saralash janglari 15–19-yanvar kunlari o‘tkaziladi. Yarim final va final bahslari esa 21–22-yanvar kunlariga belgilangan.
Musobaqa Toshkentdagi “Olimpiya shaharchasi”da bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu chempionat mamlakatning eng kuchli bokschilarini aniqlash hamda terma jamoa uchun muhim tanlov bosqichi hisoblanadi.
Musobaqa Toshkentdagi “Olimpiya shaharchasi”da bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu chempionat mamlakatning eng kuchli bokschilarini aniqlash hamda terma jamoa uchun muhim tanlov bosqichi hisoblanadi.
Powered by Froala Editor