Maʼmuriy sudlar faoliyati takomillashtiriladi
O'zbekiston
“Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-33-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, maʼmuriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:
davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda taʼminlash;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qoʻllash mexanizmlarini kengaytirish;
davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish;
maʼmuriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishda maʼmuriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga boʻlgan ishonchini yanada oshirish;
davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning taʼsirchan mexanizmlarini toʻliq joriy etish;
maʼmuriy yustitsiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida maʼmuriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish

Powered by Froala Editor