Mancity Xusanovning oilaviy tarixiga nazar soldi

Sport

Manchester City rasmiy sahifasida o'z muxlislariga Abduqodir Xusanovni yaqindan tanishtirdi. Ushbu maqolada ilgari hech qachon e’lon qilinmagan oilaviy suratlar va uning yaqinlari bilan esdaliklar taqdim etildi.

Mancity Xusanovning oilaviy tarixiga nazar soldi
Unda, beshinchi kundanoq Xusanov asosiy tarkibda Chelsee'ga qarshi to'p surgani e'tirof etilgan. "Agar City muxlislari Toshkentdan kelgan bu yosh himoyachi haqida biror narsa bilishi kerak bo‘lsa, u ham bo‘lsa, uning jasurligi edi"  deb yoziladi maqolada.

Shuningdek unda, Abduqodir Xusanov nima uchun otasining familyasida emas balki bobosining ismini o'ziga familya qilib olganligini o'zbek xalqining boy tarixi va an'anasiga bog'liq deydi. Otasi Hikmatjon Xoshimov ham O‘zbekiston milliy terma jamoasida to'p surganiligini qayd etib, Xusanovning qonida futbol bor deya ta’kidlashgan.

"Qodirning ajoyib o‘yinlari uni City skautlarining e’tiboriga tushirdi. 2025-yil yanvarida u Premer-liga grandi bilan shartnoma imzoladi. Bu bilan u Angliya chempionatida o‘ynagan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi.

Uning oldida hali uzoq yo‘l bor. Manchester Cityga moslashish uchun vaqt kerak bo‘ladi, lekin allaqachon Pep Gvardiola unga ishonmoqda va muxlislar uni o‘z qalblariga joylashtirib bo‘lishgan.

Qodir — maydonda haqiqiy jangchi, lekin maydondan tashqarida kamtar va jiddiy inson. City muxlislari ajoyib futbolchining shakllanishiga guvoh bo‘lishlari mumkin", deya o'zbek futbol yulduzi haqida iliq fikrlar mancity.com  saytida chop etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing