Markaziy bank 10ta bankda qonunbuzarliklarni aniqladi
O'zbekiston
Bank nazorati qo‘mitasi 44 ta masalani, shu jumladan kredit tashkilotlari faoliyatidagi qoidabuzarliklarni ko‘rib chiqdi. Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, Markaziy bank 10 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi va to‘lov tizimi operatoriga ogohlantirish berdi.
O‘zbekiston Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi majlis davomida 44ta masalani ko‘rib chiqdi, shundan 36 kredit tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziyalash bilan bog‘liq. Shuningdek, banklarning ustavlariga oʻzgartirishlar kiritish, yangi mikrofinans tashkilotlarini roʻyxatdan oʻtkazish va rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, banklarning moliyaviy holati va Markaziy bank me’yorlariga rioya qilishiga oid 8 ta masala koʻrib chiqildi. Tekshiruvlar natijasida regulyator talablariga rioya qilinmaganligi aniqlandi. Shu sababli bir toʻlov tizimi operatoriga kelajakda sanksiyalar qoʻllanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish berildi, 10 ta bank esa qonunchilik va normativ hujjatlar talablarini buzganligi uchun jarimaga tortildi.
Bundan tashqari, “START KAPITAL INVEST” kredit ittifoqini tugatish jarayoni yakunlandi va u kredit tashkilotlarining davlat reyestridan chiqarildi.

Powered by Froala Editor