O‘zbekistonda "yashil" tariflar va "yashil tadbirkor" maqomi joriy etiladi
O'zbekiston
Ekologik barqarorlik va energiya tejamkorlikni oshirish maqsadida 2025-yildan boshlab bir qator yangi tashabbuslar amalga oshiriladi. Ushbu tashabbuslar doirasida 1-apreldan boshlab aholiga va tadbirkorlarga "yashil" tariflar joriy etiladi. Shuningdek, tadbirkorlar uchun "yashil tadbirkor" maqomi taqdim etiladi.
2025-yil 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlarni "yashil tadbirkor" sifatida e’tirof etishga mo‘ljallangan maxsus platforma ishga tushiriladi. Ushbu maqom quyidagi mezonlarga javob beruvchi tadbirkorlarga beriladi:
Korxonalarni ko‘kalamzorlashtirish va sug‘orish tizimlarini joriy qilish;
Energiya tejamkor texnologiyalar va uskunalarni qo‘llash;
Atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, ekologik nazorat tizimlarini o‘rnatish;
"Sirkulyar iqtisodiyot" tamoyillarini joriy etish.
Mazkur maqomga ega tadbirkorlar "Shaffof qurilish" platformasida ustuvorlikka ega bo‘lib, ekologik tekshiruvlardan muayyan muddatga ozod etiladi hamda xalqaro bozorlarga chiqishda qo‘llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari, barqarorlik reytingida qo‘shimcha ball olish imkoniyati yaratiladi.
1-apreldan boshlab aholiga va tadbirkorlarga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida "yashil" tariflar joriy qilinadi. Bu tariflar quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
chiqindilarni utilizatsiya qilish orqali hosil bo‘lgan energiya;
shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi.
Shuningdek, tadbirkorlar chiqindi va biogazdan energiya ishlab chiqarish orqali ham imtiyozli tariflardan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, aholining o‘z ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqargan quyosh energiyasini davlatga sotish imkoniyati yaratiladi va ular uchun ham maxsus tarif belgilangan.
Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor