Ushakov: “Biz tinchlikdan uzoqlashmadik”

Dunyo

Kreml’da Vladimir Putin AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan uchrashdi. Prezident yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, muloqot konstruktiv o‘tgan, ammo tinchlik sari real siljish uchun “hali katta ishlar kutmoqda”.

Ushakov: “Biz tinchlikdan uzoqlashmadik”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kreml’da AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va uni kuzatib kelgan Jared Kushner bilan muzokara o‘tkazdi. Prezident yordamchisi Yuriy Ushakovga ko‘ra, uchrashuv mazmunli bo‘lib, tomonlar “tinchlikdan uzoqlashmadi”.

Ushakovning aytishicha, ikki tomon suhbat tafsilotlarini oshkor qilmaslikka kelishib olgan, biroq tinchlik bo‘yicha sezilarli siljish uchun “katta hajmdagi ish” hali oldinda.

Ushakov qo‘shimcha qildi:

Moskva AQShdan Trampning dastlabki 27 banddan iborat rejasiga qo‘shimcha yana to‘rt hujjat olgan;

Putin ayrim bandlar bo‘yicha muhokamaga tayyorligini, biroq bir qator takliflar Rossiya tomonidan tanqidga uchrashini bildirgan;

hozircha yakdil variant topilmagan, ammo ayrim amerikalik takliflar muhokamaga arziydi;

tomonlar uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun qo‘shma ishlashga tayyorligini tasdiqlagan;

suhbat AQSh rejasining umumiy mohiyati bo‘yicha bo‘lgan, aniq formulirovkalar emas;

Putin va Trampning ehtimoliy uchrashuvi Ukraina bo‘yicha erishiladigan natijalarga bog‘liq bo‘ladi.

Uchrashuv chog‘ida AQSh vakillari Trampning salomini Yetkazgan, Putin esa o‘z salomini va bir qator siyosiy signallarni Uitkoff orqali yuborgan.

Rossiya tomonidan muzokarada Yuriy Ushakov va RFPI rahbari Kirill Dmitriyev ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing