“Xudoning Zirhlari: Ultimatum”ning ba’zi sahnalari O‘zbekistonda suratga olinishi mumkin

O'zbekiston

“Xudoning Zirhlari: Ultimatum” filmning bir qismi O‘zbekistonda suratga olinishi mumkinligi haqida Qozog‘istonning Salem Entertainment kompaniyasi ma’lum qildi.

“Xudoning Zirhlari: Ultimatum”ning ba’zi sahnalari O‘zbekistonda suratga olinishi mumkin
Kompaniyaning bildirishicha, “Uzbekfilm” studiyasi va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bilan samarali uchrashuv o‘tkazilgan. Muzokaralar davomida filmning ayrim sahnalarini O‘zbekistonda suratga olish imkoniyati muhokama qilingan.

Joriy yil oktabr oyida loyiha asosan Qozog‘istonda suratga olinishi rejalashtirilayotgani xabar qilingandi. Endilikda film O‘zbekiston hududida ham ishlanishi ehtimoli paydo bo‘ldi.

Salem Entertainment ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha Qozog‘iston kinematografiyasi tarixidagi eng yirik filmlardan biri bo‘ladi.

“Xudoning Zirhlari” — Jeki Chan ijrosidagi, qadimiy artefaktlarni izlovchi “Osiyolik burgut” haqidagi mashhur sarguzasht filmlar turkumidir. Film o‘zining truklari, hazil-mutoyibasi va dunyo bo‘ylab olingan sahnalari bilan mashhur. Birinchi film 1986 yilda ekranlarga chiqqan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing