“Millat salomatligi — ustuvor”: hukumat ekologik nazoratni kuchaytirmoqda
O'zbekiston
Toshkent va boshqa hududlarda havoning keskin yomonlashuvi hukumatni shoshilinch choralar ko‘rishga majbur qildi. Prezident Saida Mirziyoyevaga ekologik muammoni tezkor hal etish uchun barcha resurslarni safarbar etishni topshirdi.
Toshkent va mamlakatning boshqa shaharlari bo‘yicha kuzatilayotgan kuchli havo ifloslanishi fonida Maxsus komissiya tashkil etildi. So‘nggi kunlarda komissiya kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda — ifloslanish manbalarini aniqlash, reydlar o‘tkazish va ekologik qonunchilikni buzganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish bilan shug‘ullanmoqda.
Bugun dastlabki natijalar e’lon qilindi: shahar va viloyatlar hokimlari, shuningdek, tegishli idoralar rahbarlari o‘z hisobotlarini taqdim etdi. Ta’kidlanishicha, ko‘rilayotgan choralar tizimli bo‘lishi va vaziyatni faqat bugun emas, balki kelajakda ham barqaror yaxshilashga xizmat qilishi zarur.
Komissiya oldiga aniq muddatlar va o‘lchanadigan vazifalar qo‘yildi. Hukumatning qayd etishicha, millat salomatligi ikkinchi darajali masala bo‘lishi mumkin emas. Toza havo, xavfsiz suv va sog‘lom ekologiya uchun kurash davlatning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Powered by Froala Editor