Markaziy Osiyo davlatlari havo ifloslanishiga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirmoqda

O'zbekiston

19-iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (UNEP) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda toza havo bilan kelajak qurish” shiori ostida birinchi oliy darajadagi siyosiy mintaqaviy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyo davlatlari havo ifloslanishiga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirmoqda
Mintaqaviy muloqot Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning turli davlat idoralari vakillarini jamladi. Tadbirda Osiyo va Yevropadan havo sifatini boshqarish sohasidagi yetakchi mutaxassislar ham ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad mintaqa davlatlari o‘rtasida muvofiqlashtirilgan harakatlarni rag‘batlantirish va havo ifloslanishining oldini olish sohasida bilim almashishdan iborat.

“Havo sifatini boshqarish murakkab jarayon bo‘lib, havo ifloslanishi manbalarini tushunish va tegishli tarmoqlardagi vaziyatni yaxshilash choralarini belgilashni talab qiladi. Ushbu chora-tadbirlar yanada batafsil ma'lumotlar, qo'shni davlatlar o'rtasida uyg'unlashtirilgan samarali qonunchilik, kuchli davlat institutlari va rivojlangan yashil infratuzilmani talab qiladi. Birgalikda harakat qilish orqali Markaziy Osiyo davlatlari mintaqa havosini yanada tozalashga erishish mumkin!”, – dedi Jahon bankining atrof-muhit, tabiiy resurslar va moviy iqtisodiyot bo‘yicha global direktori Valeri Hikki.

Ta'kidlash joizki, havoning ifloslanishi global muammo hisoblanadi. Har yili 7 millionga yaqin odam havo ifloslanishidan kelib chiqadigan kasalliklardan vafot etadi. Atmosferaning ifloslanishi inson salomatligiga ta'siridan tashqari, yiliga 8 trillion dollardan ko'proq baholangan katta iqtisodiy yo'qotishlarga olib keladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing