Markaziy Osiyoda yagona raqamli transport platformasi yaratiladi
Iqtisodiyot
Markaziy Osiyo davlatlarining transport vazirlari mintaqaviy yuk tashish tizimlarini birlashtiruvchi yagona raqamli platforma yaratishga kelishib oldilar. Bu haqda O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Toshkentda o‘tgan yig‘ilish yakunida ma’lum qildi.
12-noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari transport vazirlari hamda CASCA+ (Markaziy Osiyo – Janubiy Kavkaz) koridori bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa bozoriga chiqish va transport tizimlarini integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Ilhom Mahkamovning so‘zlariga ko‘ra, mintaqaning besh davlati — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston — raqamli platforma yaratish, chegaralarda to‘siqlarni bartaraf etish va yuk tashishni tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
“Markaziy Osiyoni yagona transport hududiga aylantirish, chegaradagi muammolarni bartaraf etish va transport jarayonini soddalashtiruvchi raqamli tizim yaratish haqida kelishdik,” — dedi Mahkamov.
CASCA+ loyihasi mintaqani Janubiy Kavkaz va Yevropa bilan bog‘lovchi muhim yo‘nalishga aylanmoqda. Rossiya–Ukraina mojarosi sabab shimoliy yo‘l jozibasini yo‘qotganidan so‘ng, bu koridor savdo va tranzit uchun muhim strategik yo‘nalish sifatida ko‘rilmoqda.
Mahkamovning aytishicha, O‘zbekiston Transafg‘on multimodal yo‘lagi va Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini faol ilgari surmoqda.
“Asosiy yo‘nalish — bu Yevropa. Qurilayotgan CASCA+ yo‘lagi orqali savdo olib boriladi. Temir yo‘l tugaguncha Kaspiy dengizining sathi pasayishi va paromlar yetishmasligi kabi muammolarni hal etish zarur,” — deya qo‘shimcha qildi vazir.

Powered by Froala Editor