Mask Twitterʼni sotib olish uchun SpaceXʼdan qarz olgan boʻlishi mumkin — OAV
Biznes
The Wall Street Journalʼning yozishicha, tadbirkor nima uchun kredit olgani noma’lum, biroq o‘sha oyning oxirida u Twitter’ni qo‘lga kiritish uchun 44 milliard dollarga shartnoma tuzgan.
Ilon Mask, ilgari Twitter nomi bilan tanilgan X platformasini sotib olayotgan paytda, u bosh direktor bo'lgan SpaceX kompaniyasiga 1 milliard dollarlik kredit so'rab murojaat qilgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Nashr tekshirgan hujjatlarga ko‘ra, SpaceX kosmik texnologiyalar kompaniyasi tadbirkorga uning kompaniyadagi ulushlarining bir qismi bilan ta’minlangan kreditni 2022-yil oktabr oyida ma’qullagan.
Mask nima uchun kredit olgani noma’lum, biroq tadbirkor uni tezda to‘lab, noyabr oyida SpaceX’ga pulni foizlari bilan qaytargan. 2022-yil 27-oktabr kuni Mask Twitter’ni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik bitim tuzgan.
Mask va SpaceX holatga izoh bermadi.

Powered by Froala Editor