Maskning Neuralink kompaniyasi inson mikrochiplarini sinash uchun ruxsat oldi

Texnologiya

Amerikalik tadbirkor — Ilon Maskga tegishli Neuralink neyrotexnologik kompaniyasi kompyuter va telefondan qo‘lsiz foydalanish uchun inson miyasiga chip o‘rnatish bo‘yicha klinik sinovlarni o‘tkazishga ruxsat olganini ma’lum qildi.

Maskning Neuralink kompaniyasi inson mikrochiplarini sinash uchun ruxsat oldi
"Biz AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasidan odamlarda birinchi klinik sinovimizni boshlash uchun ruxsat olganimizni e'lon qilishdan mamnunmiz", deyiladi kompaniyaning 25-may kuni e'lon qilgan tvitida.

Klinik sinov uchun ro'yxatga olish hali ochiq emas.

Neuralink startapi Mask tomonidan 2016-yil iyul oyida neyron interfeyslarni ishlab chiqish va to‘liq avtomatik rejimda deyarli cheksiz miqdordagi elektrodlarni miyaga joylashtirish imkonini beruvchi robotlar yaratish bo‘yicha yetakchi mutaxassislarning sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida yaratilgan. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, uzoq muddatda bunday neyron interfeyslar odamga sun’iy intellektga qarshilik ko‘rsatishga qodir kiborgga aylanish imkonini beradi, shuningdek, odamlarga fikr kuchi yordamida kompyuterni bevosita boshqarishni o‘rganishga yordam beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing