MDH o‘yinlari: O‘zbekistonning oltin medallari soni 25 taga yetdi
Sport
Ozarbayjonda o‘tayotgan III MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. O‘tgan kun yakuniga ko‘ra, sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Oltin medallarni Javohir Sharifboyev (-45 kg), Farid Karomov (-48 kg) va Abdulaziz Xolmirzayev (-80 kg) (barchasi yunon-rum kurashi) qo‘lga kiritdi. Saidamir Ne’matov (-110 kg) hamda chavgon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi kumush medal sohibi bo‘ldi.
Azizbek Barlikbayev (-65 kg), Faxrikamol Komiljonov (-92 kg), qilichbozlik bo‘yicha yigitlar (shpaga), qizlar (sablya) jamoalari hamda badiiy gimnastika (bulava, jamoaviy) bronza medallarini oldi.
Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 25 ta oltin, 33 ta kumush va 60 ta bronza medal mavjud. Bugun musobaqaning so‘nggi kuni bellashuvlari o‘tkaziladi.

Powered by Froala Editor