“Meta” yaqinda “Twitter”ning muqobilini ishga tushirishi mumkin
Texnologiya
Facebook va Instagram’ning bosh kompaniyasi “Meta” o‘zining Twitter’ga raqobatdosh boʻla oladigan “Project 92” loyihasini bir necha oydan beri sinovdan oʻtkazib kelmoqda. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.
“Meta” mart oyida texno-jurnalist Keysi Nyutonga kompaniya ijodkorlar va jamoat arboblarining o'z qiziqishlari haqidagi yangilanishlarni o'z vaqtida baham ko'rishlari mumkin bo'lgan alohida maydon uchun imkoniyat borligiga ishonishini aytgan edi.
May oyida esa “Bloomberg” nashri “Meta” kompaniyasi loyihani mashhurlar va jamiyatda ta’sir kuchiga ega shaxslar bilan bir necha oy davomida jimgina sinovdan o'tkazayotganligini va uni iyun oyidayoq ishga tushirishga tayyor bo'lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.
“The Verge” tomonidan taqdim etilgan skrinshotlarga koʻra, ushbu ilova Twitterga juda oʻxshash, yaʼni unda ham tasdiqlangan foydalanuvchilar, “like”, qayta ulashish tugmalari hamda xabar almashish imkoniyatiga ega boʻladi.
“Ilovaning ishga tushirilish sanasi yoki rasmiy nomi hali ham aniq emas”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor