Mexiko, Xyuston, Atlanta: O‘zbekistonning JCh-2026 yo‘nalishi

Sport

O‘zbekiston terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinlarini Meksika va AQShda o‘tkazadi. FIFA e’lon qilgan taqvimga ko‘ra, uchrashuvlar Mexiko, Xyuston va Atlantada bo‘lib o‘tadi.

Mexiko, Xyuston, Atlanta: O‘zbekistonning JCh-2026 yo‘nalishi
“K” guruhidagi ilk o‘yin 18-iyun kuni soat 08:00 da (Toshkent vaqti) Mexikoda Kolumbiyaga qarshi bo‘ladi. Ikkinchi bahs 23-iyun kuni soat 23:00 da Xyustonda Portugaliyaga qarshi o‘tkaziladi. Fabio Kannavaro shogirdlari guruh bosqichini 28-iyun kuni soat 05:30 da Atlantada yakunlaydi — raqib Okeaniya, Karib havzasi va Afrika jamoalari o‘rtasidagi pley-off orqali aniqlanadi: Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo DR.

Hozircha 42 terma jamoa turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, yana oltitasi 2026-yil mart oyidagi pley-offda aniqlanadi. Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi va ilk bor 32 jamoa pley-offga yo‘l oladi — guruhdagi eng yaxshi ikki jamoa va uchinchi o‘rin egalari.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing