Migrantlar va ICE masalasi minglab odamlarni ko‘chaga chiqardi

Dunyo

AQShning Nyu-York shahrida qariyb ikki ming kishi prezident Donald Tramp ma’muriyati siyosatiga qarshi norozilik namoyishida ishtirok etdi. The New York Times xabariga ko‘ra, namoyishchilar AQShning Venesueladagi harakatlari, migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish siyosati hamda o‘tgan hafta Minnеapolисda ICE xodimi tomonidan ayolning o‘ldirilishiga qarshi chiqdi.

Migrantlar va ICE masalasi minglab odamlarni ko‘chaga chiqardi
Namoyish davomida «Tramp ketishi kerak» degan shiorlar yangradi. Shahar markazida norozilar bilan prezident tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Politsiya kamida bir kishini hibsga oldi.

Shunga o‘xshash norozilik aksiyalari Minnеapolис shahrida ham bo‘lib o‘tdi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, 30 ga yaqin namoyishchi qo‘lga olingan, bir politsiya xodimi esa muz bo‘lagi uloqtirilishi oqibatida jarohat olgan. Aksiya ishtirokchilari ICE faoliyatini «odamlarga qarshi ov» deb atab, shahar «jang maydoniga aylantirilganini» ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing