Mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi

Iqtisodiyot

Endilikda, mikromoliya tashkilotlari va tijorat banklari o‘rtasida ularni bog‘lovchi «zanjir»ni shakllantirish, shuningdek mikromoliya tashkilotlari uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslar, shu jumladan depozitlar jalb etish imkoniyati yaratiladi.

Mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi
Hukumatning O‘RQ-1026-sonli Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Mazkur Qonunga ko'ra, bank xizmatlarini ruxsat etilgan shartlar asosida ko‘rsatishga vakolatli bo‘lgan mikromoliya banki instituti joriy etiladi. Shuningdek, qonun bilan mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga va mikromoliya banklarini tijorat banklariga hamda aksincha transformatsiya qilish uchun huquqiy asos yaratilmoqda.

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagi kredit tashkilotlari o‘z faoliyatini o‘zgartirishi mumkin:

mikromoliya tashkiloti – mikromoliya banki faoliyatiga;

mikromoliya banki – bank faoliyatiga;

bank – mikromoliya banki faoliyatiga;

mikromoliya banki – mikromoliya tashkiloti faoliyatiga.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mikromoliya banki faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani Markaziy bank tomonidan berish belgilandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing