Milliardlab investitsiyalar va 700 ta qo‘shma korxona: Senat Seul bilan kooperatsiyani kengaytirishni qo‘llab-quvvatladi
O'zbekiston
Qulay investitsiya muhitini shakllantirish va xorijiy ishbilarmon doiralar bilan ochiq muloqotni izchil chuqurlashtirish O‘zbekistonning strategik hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy va texnologik hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda. 2026-yil 16-iyun kuni Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxo‘jayev keng ko‘lamli “O‘zbekiston-Koreya” biznes-forumida ishtirok etdi.
Yubiley 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir mamlakat Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni taqdim etish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qildi. Xorijiy investorlar respublikada xavfsiz va uzoq muddatli biznes yuritish uchun yaratilgan imtiyozlar hamda imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Panel sessiyalari doirasida vazirlik va idoralar vakillari Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan 200 dan ortiq delegatlarga sog‘liqni saqlash, ta’lim, sanoat kooperatsiyasi, raqamli infratuzilma va ma’lumotlar markazlari (data-centrlar), dasturiy ta’minot, transport, logistika hamda geologiya-qidiruv, jumladan, muhim kritik minerallarni o‘zlashtirish kabi yuqori texnologiyali va infratuzilmaviy tarmoqlardagi istiqbolli loyihalar portfelini taqdim etdilar. Ikki tomonlama aloqalarning barqaror dinamikasiga alohida e’tibor qaratildi: 2025-yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollarga yetdi, Koreya Respublikasidan jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi esa 8 milliard dollardan oshdi, shuningdek, mamlakatimizda koreys kapitali ishtirokida 700 dan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. “G2B” va “B2B” formatlarida o‘tkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar yakunida o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga qaratilgan ikki tomonlama shartnomalar va idoralararo bitimlar imzolandi.

Powered by Froala Editor