Milliy brendlarni ilgari surish bo‘yicha tuzilma tashkil etilmoqda
O'zbekiston
O‘zbekistonda milliy brendlarni rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.
Sanoat sohasidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan kompaniya tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Rejaga ko‘ra, yangi tuzilma raqobatbardosh mahalliy mahsulotlarni xorijda ilgari surish bilan shug‘ullanadi va kompleks qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Xususan, kompaniya:
- xorijiy mutaxassislar - brend-menejerlar, dizaynerlar, marketologlar va PR-menejerlarni jalb qiladi;
- xalqaro sertifikatlarga, yuqori sifatga va eksport salohiyatiga ega bo‘lgan kamida 50 ta mahalliy tovarlarni tanlab oladi;
- ushbu mahsulotlarga sifat belgisini beradi va ularni tashqi bozorlarda ilgari surish bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniyani tashkil etadi.
Bunday chora-tadbirlar O‘zbekistonning sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi sifatida barqaror imidjini shakllantirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor