Hegset: seshanba AQShning Eronga zarbalari eng kuchli kun bo‘lishi mumkin
Dunyo
AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset yaqinlashib kelayotgan seshanba kuni Eronga qarshi zarbalar eng keng ko‘lamli bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, operatsiyada ko‘proq harbiy aviatsiya va bombardimonlar qo‘llanadi.
Pentagon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiy harakatlarni sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Jurnalistlar bilan suhbatda Hegset seshanba kuni zarbalar “eng intensiv kun” bo‘lishini ta’kidladi.
“Bugun Eronga qarshi zarbalar eng kuchli bo‘ladigan kun bo‘ladi — ko‘proq qiruvchi samolyotlar, ko‘proq bombardimonchilar va ko‘proq bombardimonlar”, — dedi vazir.
Uning ta’kidlashicha, operatsiyada avvalgi kunlarga qaraganda ko‘proq aviatsiya va zarba vositalari jalb etiladi. Zarbalarning aniq nishonlari yoki operatsiya ko‘lami haqida rasmiy tafsilotlar ochiqlanmadi.
Mazkur bayonot Yaqin Sharqda keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda yangradi.

Powered by Froala Editor