Yevropa qoidalarni o‘zgartirmoqda: migrantlar uchinchi davlatlarga yuborilishi mumkin
Dunyo
Yevropa parlamentining fuqarolik erkinliklari, adliya va ichki ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Yevropa Ittifoqidan chiqarib yuboriladigan migrantlar uchun uchinchi davlatlarda maxsus markazlar tashkil etishga ruxsat beruvchi qonunchilik tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Qonun loyihalari paketiga ko‘ra, deportatsiya qilinadigan migrantlar Yevropa Ittifoqi hududidan chiqarilgach, uchinchi davlatlardagi maxsus “qaytarish markazlari”ga joylashtirilishi mumkin. Shuningdek, YI hududida noqonuniy bo‘lib qolgan xorijliklar uchun jazolar kuchaytirilishi, hatto qamoq jazosi ham qo‘llanilishi mumkin.
Deutsche Welle xabariga ko‘ra, ushbu tashabbus konservativ va o‘ta o‘ng siyosiy kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Qonun loyihasi bo‘yicha yakuniy ovoz berish 12 mart kuni Yevropa parlamentida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yevropa Ittifoqining Boshpana masalalari bo‘yicha agentligi (EUAA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda YI davlatlarida boshpana so‘rab berilgan arizalar soni 19 foizga kamayib, 822 mingga yaqinlashgan.
Yevropa Komissiyasi bu pasayishni migratsiya siyosatining kuchaytirilgani bilan izohlagan. Shu bilan birga, YI hududini tark etish to‘g‘risida ko‘rsatma olgan xorijliklarning atigi 20 foizi amalda o‘z mamlakatiga qaytmoqda.
Shunga o‘xshash choralar ayrim davlatlarda allaqachon qo‘llanmoqda. Masalan, 2024 yilda Buyuk Britaniya noqonuniy migrantlarni Ruandaga deportatsiya qilishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qilgan. Italiya esa Albaniya bilan migrantlarni qabul qilish uchun ikki markaz qurish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilgan.
Biroq bunday tashabbuslar ommaviy axborot vositalari va inson huquqlari tashkilotlari tomonidan tanqid qilinmoqda. Ular migrantlarni uchinchi davlatlarga yuborish inson huquqlari buzilishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Powered by Froala Editor