Turkiya, Bolgariya va Ruminiya Qora dengizni minalardan tozalash bo'yicha memorandum imzoladi
Siyosat
Turkiya mudofaa vaziri Yashar Guler Turkiya, Bolgariya va Ruminiya Qora dengizdagi hududiy suvlarini tozalash bo'yicha operatsiyalarni muvofiqlashtirish uchun maxsus guruh tuzishga kelishib olganini e'lon qildi.
2022-yil aprel oyida Ukraina, Gruziya va Polsha ishtirokida Qora dengizni minalardan tozalash bo'yicha muzokaralar boshlandi. Muzokaralarning yakuniy bosqichida Bolgariya, Turkiya va Ruminiya vakillari Qora dengizni yuk tashishga xavf tug‘diruvchi minalardan tozalash bo‘yicha mushtarak sa’y-harakatlarini muhokama qildilar.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan buyon Qora dengizda Ukraina kuchlari va Bolgariya, Ruminiya va Turkiyadan kelgan g‘avvoslar tomonidan o‘nlab suzuvchi minalar yo‘q qilindi.
Oktyabr oyida Turkiya bayrog'i ostidagi yuk kemasi Ruminiya qirg'oqlari yaqinidagi minaga urilgan; Yangi yil arafasida Panama bayrog'i ostidagi yuk kemasi Qora dengizdagi Rossiya minasiga urilib, portladi va yong'in yuzaga keldi.
Kiyev Rossiyani Qora dengizni minalar bilan to’ldirib tashlaganlikda ayblab, rus harbiylari tomonidan o‘rnatilgan minalar suvlar bo‘ylab suzib yurayotganiga ishora qilmoqda. Bunga javoban Rossiya Ukrainani “Qora dengiz qirg‘oqlari suvlarida minalarni betartib joylashtirganlikda” ayblaydi.

Powered by Froala Editor