Mirziyoyev: 2025-yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim va hal qiluvchi yil bo‘ladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni aholi bandligini ta’minlash va investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda, yil davomida 5 million 200 ming aholini ish bilan ta'minlash, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish, 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etish hamda eksportni 30 milliard dollardan oshirish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda shu borada boshlangan ishlar va dastlabki natijalar haqida axborot berildi. Yanvar oyida 277 ming fuqaro ishga joylashgan. Shundan 91 ming nafari doimiy ishga joylashgan, 153 mingi tadbirkorlikka jalb qilingan.
Ish o‘rinlari va investitsiya o‘zaro bog‘liq. Bu yil qariyb 14 milliard dollarlik 8 mingta loyihani amalga oshirib, 272 mingta doimiy ish joyi yaratish rejalashtirilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan oyda mamlakatga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya kelgan. Fevral oyida ham shuncha investitsiya olib kelish, 623 ta loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Davlat rahbari “2025-yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim va hal qiluvchi yil bo‘ladi” deya ta’kidladi.
Yig‘ilishda loyihalar bo‘yicha manzilli ishlab, sur’atni keskin oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Yil boshidan buyon eksport hajmi 1 milliard 300 million dollarga yetgan. Mutasaddilarga xorijiy hamkorlar bilan ishlab, tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqishga ko‘maklashish, yangi korxonalarni eksportga jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Powered by Froala Editor