Mirziyoyev Germaniya Prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

Dunyo

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning Magdeburg shahrida yuz bergan fojiali holat sababli, Prezident Frank-Valter Shtaynmayerga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Mirziyoyev Germaniya Prezidentiga ta’ziya yo‘lladi
Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez orada shifo topishini tilagan.

Ma’lumot o'rnida, kecha, 20 dekabr kuni Germaniyaning Saksoniya-Angalt federal yeri poytaxti Magdeburg shahrining markazida joylashgan Rojdestvo yarmarkasida BMW katta tezlikda olomonni bosib ketgan.

Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. 60 dan ortiq odam jarohatlangan. Turli darajadagi jarohatlar olganlar soni 60 dan 80 kishigacha yetgan. “Volksstimme” esa 11 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi, lekin bu ma’lumot rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanmadi.

Saksoniya-Angalt hukumati vakili “Tagesschau” bilan suhbatda ushbu voqeani terror hujumi deb atadi, ammo rasmiy bayonotlar hozircha berilmagan. Fojia joyiga federal yer bosh vaziri Rayner Xazeloff yetib borgan va ushbu voqeani “dahshatli hodisa” deb ta’riflagan. Hodisa yuz bergach, Rojdestvo yarmarkasi darhol yopilgan va shahar markazidagi tramvaylar harakati to‘xtatilgan. Hodisa sabablari noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing