Mirziyoyev va Lukashenko uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mirziyoyev va Lukashenko uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Qayd etilishicha, Belarus prezidentining ushbu tashrifiga tayyorgarlik doirasida qator tadbirlar, shu jumladan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, hududlar, rektorlar, tibbiyot xodimlari forumlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

“Tomonlar xalqaro tuzilmalar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH, SHHT doirasidagi siyosiy muloqot va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga ahdlashib oldilar”, deyiladi xabarda.

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshgan va ushbu ko‘rsatkich yaqin yillarda 1 milliard dollardan ziyodga yetkazilishi kutilmoqda.

“Shu maqsadda qo'shma korxona savdo kompaniyasini tashkil etish, eksport-import ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash vositalari va mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron joriy etish bo'yicha ishlab chiqarishga erishildi”, deyiladi xabarda.

Muzokaralarda davlat rahbarlari kooperatsiyaning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan. Bular – qishloq xo‘jaligi, yengil, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, shaharsozlik, kommunikatsiyalar va boshqalar. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha alohida ishchi guruhlarni shakllantirishga kelishib olingan.

O‘zbekiston va Belarus hududlari ikkinchi forumining samarali natijalari alohida qayd etilgan: uning yakunlari bo‘yicha qiymati 1 milliard dollardan ziyod shartnoma va bitimlar imzolangan.

Shuningdek, tomonlar faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga kelishib olgan.

“Uchrashuvlar yakunida qabul qilingan qarorlar va imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing