Misrda fir’avnning 3500 yil oldin yo‘qolgan qabri topildi
Dunyo
Misrda so‘nggi yillardagi eng muhim arxeologik kashfiyotlardan biri amalga oshirildi - Luksorda taxminan 3500 yil oldin hukmronlik qilgan fir’avn Tutmos II dafn etilgan maqbara topildi. Bu 1922-yilda Tutanxamon maqbarasi shov-shuvli kashf etilganidan beri topilgan birinchi shoh maqbarasi hisoblanadi.
Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi misrlik va britaniyalik mutaxassislardan iborat arxeologik missiya Fiva tog‘larida qabr topganini ma’lum qildi. Qabr O‘n sakkizinchi sulola davriga (miloddan avvalgi 1550-1292-yillar) tegishli bo‘lib, afsonaviy malika Xatshepsutning eri bo‘lgan fir’avn Tutmos II ga tegishli.
Misr turizm va qadimiy yodgorliklar vaziri Sherif Fethiyning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘sha davrdagi "so‘nggi yo‘qolgan podshohlar qabri." Topilgan Tutmos II va Xatshepsut nomli idishlarning parchalari maqbaraning kimga tegishli ekanligini tasdiqladi.
Biroq, arxeologlarning aytishicha, qabr juda yomon ahvolda - dastlabki tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dafn etilganidan ko‘p o‘tmay, u suv toshqinidan zarar ko‘rgan, shuning uchun buyumlarning aksariyati boshqa joyga ko‘chirilgan bo‘lishi mumkin.
Misr arxeologik missiyasi rahbari Muhammad Abdulbodiy topilmani so‘nggi o‘n yilliklarda Qadimgi Misrni o‘rganishdagi eng muhim voqealardan biri deb atadi. Kashfiyot Tutmos II hukmronligi sirlarini ochishi va fir’avnlar tarixining yo‘qolgan sahifalarini tiklashi mumkin.

Powered by Froala Editor