Misrda “Yaqin Sharq tinchlik sammiti” boshlandi

Dunyo

Sharm ash-Shayx shahrida Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro sammit ish boshladi. Unda dunyoning yetakchi davlatlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Misrda “Yaqin Sharq tinchlik sammiti” boshlandi
“Yaqin Sharq tinchlik sammiti”ning asosiy maqsadi — mintaqadagi siyosiy ziddiyatlarni diplomatik yo‘l bilan hal etish va tinchlikni mustahkamlash yo‘llarini muhokama qilishdir.

Tadbirda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Misr prezidenti Abdel Fattah as-Sisi, AQSh prezidenti Donald Trump, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Iordaniya qiroli Abdullo II, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Tani, Bahrayn qiroli Hamad bin Isa Al Xalifa, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos, Indoneziya prezidenti Prabowo Subianto, Fransiya prezidenti Emmanuel Macron va boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirok etmoqda.

Sammit yakunida ishtirokchilar mintaqada tinchlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya qabul qilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing