Mo‘g‘uliston Prezedinti tantanali kutib olindi

Siyosat

24-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Mo‘g‘uliston Prezedinti tantanali kutib olindi
Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning davlat tashrifi 23–26-iyun kunlari davom etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing