Moldaviya TIV rahbari Niku Popesku iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Siyosat

Niku Popesku 24-yanvar kuni jurnalistlar bilan suhbatda Moldova tashqi ishlar vaziri va bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ketishini ma’lum qildi.

Moldaviya TIV rahbari Niku Popesku iste’foga chiqishini ma’lum qildi
“Aminlik bilan ayta olamanki, ushbu ikki yarim yil ichida juda ko‘p yaxshi ishlar amalga oshirildi, endi esa Bosh vazir o‘rinbosari va TIV rahbari lavozimlaridan iste’foga chiqayotganimni ma’lum qilmoqchiman”, — dedi u.

Moldova TIV rahbari lavozimini parlament vitse-spikeri Mixay Popshoy egallaydi. Bosh vazir Dorin Rechan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ushbu qarorni tasdiqlab, o‘zgarish kelasi hafta kuchga kirishini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing