Moskva va Vashington yopiq eshiklar ortida: muzokaralar 2 soatdan beri davom etmoqda
Siyosat
Saudiya Arabistonida Rossiya va AQSh yuqori martabali vakillari uchrashuvi boshlandi. Ushbu uchrashuv Ukrainadagi mojaroning kelajakdagi yo‘nalishini va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab berishi mumkin. So‘nggi bir necha yil ichida ilk bor tomonlar bunday darajadagi muzokaralarni olib borayapti, ammo Ukraina unda ishtirok etmayapti. Bu esa Kiyevning noroziligiga sabab bo‘ldi.
Uchrashuvda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov, AQSh davlat kotibi Marko Rubio, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uolts va Vashingtonning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoff ishtirok etmoqda. Manbalarga ko‘ra, iqtisodiy masalalarni muhokama qilish uchun Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev ham delegatsiyaga qo‘shilishi mumkin.
Muzokaralar Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida o‘tgan hafta bo‘lgan kutilmagan telefon suhbati fonida o‘tayapti. Yevropa yetakchilari allaqachon tashvish bildirib, ularning tinchlik jarayonidan chetlashtirilayotganini ta’kidlamoqda. Kiyev esa o‘z ishtirokisiz hech qanday kelishuv tuzilishi mumkin emasligini qat’iy rad etmoqda.
Muzokaralarda nafaqat harbiy harakatlarni to‘xtatish yo‘llari, balki Jo Bayden ma’muriyati davrida "tarixiy minimum" darajasiga tushib ketgan AQSh-Rossiya munosabatlarini tiklash masalasi ham muhokama qilinayotgani aytilmoqda.
Muzokaralar natijalari Tramp va Putin o‘rtasidagi sammit tashkil etilishiga olib kelishi mumkin.

Powered by Froala Editor