Muhayyo Abdusattorova Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi

Sport

Joriy yilning, 19-21-may kunlari Shveytsariyaning Lyutsern shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun litsenzion musobaqa bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Sport vazirligining matbuot xizmati.

Muhayyo Abdusattorova Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi
Ma’lum qilinishicna, musobaqa ayollar o‘rtasida M1X klassida 2000 metr masofaga o‘tkazilgan.

Hamyurtimiz Muhayyo Abdusattorova marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va musobaqaning oltin medali hamda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2024-yilning 28-avgustidan 8-sentabriga qadar Fransiya poytaxti Parijda bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing