Muz ustidagi qirg‘in: O‘zbekiston xokkey bo‘yicha JCH startida Mo‘g‘ulistonni yakson qildi

Sport

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi IIIB divizionidagi jahon chempionatining ilk o‘yinidayoq haqiqiy shov-shuv ko‘tardi. Start uchrashuvi raqib uchun falokatga, o‘zbekistonlik ishqibozlar uchun esa tarixiy gollar bayramiga aylandi.

Muz ustidagi qirg‘in: O‘zbekiston xokkey bo‘yicha JCH startida Mo‘g‘ulistonni yakson qildi
Mo‘g‘uliston jamoasiga qarshi kechgan bahsda o‘zbek xokkeychilari muz ustida mutlaq ustunlikni namoyish etishdi. Yakuniy sirenadan so‘ng hisob 26:1 ko‘rinishini oldi — terma jamoamiz foydasiga. Bunday yuqori natija va hujumdagi uyushqoqlik jamoaga nafaqat uch ochkoni qo‘lga kiritish, balki o‘zini turnirning asosiy favoriti sifatida ko‘rsatish imkonini berdi.

Xokkeychilarimizning bo‘shashishga vaqti yo‘q: g‘alabali shiddatni keyingi sinov uchun ham saqlab qolish lozim. Ertaga, 14-aprel kuni, O‘zbekiston terma jamoasi Filippin termasiga qarshi muzga tushadi. Muxlislar jamoamizdan yuqori divizionga chiqish yo‘lida ishonchli hujumkor o‘yin kutmoqdalar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing