Muzokaralar yakunlandi – hamkorlik nihollari ekildi

O'zbekiston

Oʻzbekiston-Yevropa oliy darajadagi muzokaralari yakuniga yetar ekan, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa Kengashi Prezidenti Antonio Kosta va Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen qadimiy shahar Kongress-markazi hududida birgalikda ikkita eman daraxti ekishdi.

Muzokaralar yakunlandi – hamkorlik nihollari ekildi
Ushbu ramziy harakat Toshkent va Bryussel oʻrtasidagi mustahkamlanib borayotgan aloqalarning belgisi boʻldi. Daraxt ekish tomonlarning uzoq muddatli hamkorlikka intilishidan dalolat berib, yashil kun tartibi, barqaror rivojlanish va ekologik tashabbuslarga qaratilgan umumiy eʼtiborini aks ettiradi.

Xalqaro diplomatiya markazi sifatida tarixga ega boʻlgan Samarqand yana bir bor muhim ramziy qadamlar maydoniga aylandi va Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan mustahkam aloqalarini namoyon etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing