Trampning bojlari Trampning o‘ziga zarba berdi

Dunyo

AQSH prezidenti savdo cheklovlari tufayli hozirning o‘zidayoq yuzlab million dollar yo‘qotdi.

Trampning bojlari Trampning o‘ziga zarba berdi
AQSH prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan boshlangan import bojlarining yangi to‘lqini shaxsan uning o‘zi uchun sezilarli moliyaviy yo‘qotishlarga olib keldi. Forbes jurnali hisob-kitoblariga ko‘ra, Trampning boyligi bir hafta ichida 500 million dollarga - 4,7 dan 4,2 milliard dollargacha kamaygan.

Asosiy zarba uning Trump Media and Technology Group kompaniyasiga tushdi, uning aksiyalari 5 foizga tushdi - bu Trampga 170 million dollarga tushdi. Yana 90 millionini u ko‘chmas mulk narxining pasayishidan yo‘qotdi. Hatto uning golf-kurortlari ham zarar ko‘rdi: o‘yinchilar uchun jihozlar va formalar chet eldan sotib olinadi va yangi tariflarga tushadi.

Aprel oyi boshidan kuchga kirgan tariflar aksariyat mamlakatlar tovarlari uchun 10 foizlik minimal stavkani tashkil etadi. Bu bir qator davlatlar tomonidan tanqid to‘lqini va javob choralari tahdidini keltirib chiqardi.

Manbalarga ko‘ra, endi Trampning golf klublari mijozlari xarajatlarni qisqartirishni boshladi - AQShda aytilganidek, "belni mahkam bog‘lash" yoki O‘zbekistonda aytilganidek, "ko'rpaga qarab oyoq uzatish" effekti ta’sir ko‘rsatmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing