Myunxen konferensiyasi mukofoti Ukraina xalqiga topshirildi
Dunyo
Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida beriladigan Evald fon Kleyst nomidagi mukofot 2026 yilda Ukraina xalqiga topshiriladi. Mukofotni xalq nomidan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qabul qiladi.
Taqdirlash marosimi 2026 yil 13–15 fevral kunlari Myunxenda bo‘lib o‘tadigan xavfsizlik konferensiyasi davomida o‘tkaziladi.
Mukofot berilgani haqida Germaniyadagi Ukraina elchisi Aleksey Makeev ma’lum qildi. Uning aytishicha, qaror rasman tasdiqlangan.
Evald fon Kleyst nomidagi mukofot tinchlik va mojarolarni hal etish yo‘lidagi alohida hissasi uchun shaxslar va tashkilotlarga beriladi. Mukofot Myunxen xavfsizlik konferensiyasining asoschisi, nemis siyosatchisi va noshiri Evald fon Kleyst nomi bilan atalgan.

Powered by Froala Editor