NASA 3I/ATLAS yulduzlararo kometasini namoyish qildi: Yerga xavf yo‘q

Dunyo

NASA 3I/ATLAS yulduzlararo kometasining birinchi tasvirlarini e’lon qildi — bu Quyosh tizimiga kirgan uchinchi shunday ob’ekt. Ob’ektning Yer bilan maksimal yaqinlashuvi 19-dekabr kuni sodir bo‘ladi, ammo agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yerga xavf yo‘q.

NASA 3I/ATLAS yulduzlararo kometasini namoyish qildi: Yerga xavf yo‘q
Astronomlarning baholashicha, kometaning diametri 5,6 km dan oshmaydi. NASA kosmik agentligi kometani uning Quyosh tizimidagi yo‘li davomida kuzatishni davom ettiradi. Baholanishicha, 2026-yil bahorida ob’ekt Yupiterga yaqinlashadi va keyin yana yulduzlararo makonga yo‘l oladi.

NASAning ilmiy missiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Niki Foks ta’kidladi: «3I/ATLAS Yerga xavf solmaydi».

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing