NATO davlatlari 2025-yilgacha Ukrainaga €40 milliard miqdorida yordam beradi

Siyosat

Bu haqda 9–11-iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Shimoliy Atlantika alyansi sammiti deklaratsiyasida aytiladi.

NATO davlatlari 2025-yilgacha Ukrainaga €40 milliard miqdorida yordam beradi
Sammitda, shuningdek, 2024-yil noyabrida Donald Tramp AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan taqdirda ham Ukrainaga yordam berishni kafolatlash rejasi kelishib olindi, dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

Rejaga ko‘ra, Ukrainaga qurol yetkazib berish hamda ukrainalik askarlarni Yevropada o‘qitish bundan buyon Germaniyaning Visbaden shahridagi NATO shtab-kvartirasi orqali muvofiqlashtiriladi. Yangi tuzilmaning maqsadi Ukrainaning xavfsizlik sohasidagi qo'llab-quvvatlashini doimiy asosga o'tkazish. Hozirgacha AQSh Ukrainaga yordamni muvofiqlashtirish uchun javobgar edi.

Visbaden shtab-kvartirasining yana bir vazifasi Ukrainaga Shimoliy Atlantika alyansi bilan yanada yaqinlashishiga yordam berish bo‘ladi. Sammit ishtirokchilarining qoʻshma bayonotida Ukraina toʻliq Yevro-Atlantika integratsiyasi, jumladan, NATOga aʼzo boʻlish sari qaytmas yoʻldan borayotgani taʼkidlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing