NATO Turkiyadan F-16’larni Boltiqbo‘yiga erta yuborishni so‘radi

Dunyo

NATO Turkiyaga Boltiq mintaqasi havo hududini patrullash bo‘yicha alyans missiyasida ishtirok etish uchun F-16 qiruvchi samolyotlarini rejalashtirilgan muddatdan oldin taqdim etish iltimosi bilan murojaat qildi. Agar Anqara rozilik bersa, turk samolyotlari 2026 yil avgustidan dekabrigacha Estoniyada joylashtiriladi, bu dastlabki jadvaldan bir necha oy oldinroqdir.

NATO Turkiyadan F-16’larni Boltiqbo‘yiga erta yuborishni so‘radi
Avval Turkiya o‘zining F-16 samolyotlarini NATO missiyasi doirasida 2026 yil dekabridan 2027 yil martigacha Ruminiyada joylashtirishni rejalashtirgan edi. Yangi so‘rov ushbu rejalarni qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Anqara hozircha alyansning muddatidan oldingi so‘roviga rasmiy javob bermagan. Turkiyaning Boltiqbo‘yi missiyasida ehtimoliy ishtiroki NATOning sharqiy qanotida havo xavfsizligini kuchaytirish doirasida ko‘rilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing