NATO Ukraina qurolli kuchlari jangchilarini tayyorlash markazini yaratadi

Dunyo

NATO Ukraina Qurolli kuchlari uchun o‘quv markazini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, bu mamlakatni alyans standartlariga “to’liq moslashtirish”ga imkoniyat beradi.

NATO Ukraina qurolli kuchlari jangchilarini tayyorlash markazini yaratadi
Yevropa Ittifoqining o‘quv missiyasini to‘ldiruvchi yangi loyiha nafaqat ukrainalik harbiy xizmatchilarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish, balki ularga harbiy qo‘mondonlik va nazorat strategiyalarini o‘rgatishda yordam berishga mo‘ljallangan.

“Pais” gazetasining yozishicha, loyihadan maqsad Ukraina kuchlarini NATO standartlariga moslashtirishdan iborat. Ta'kidlanishicha, NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari Bryusseldagi uchrashuvlarida "loyiha tafsilotlari"ni ishlab chiqadilar va u iyul oyida Vashingtonda bo'lib o'tadigan alyans sammitida yakuniy ma'qullanishi mumkin.

Xabar berilishicha, hozirda yangi markazni moliyalashtirish va yollanadigan instruktorlar turi muhokama qilinmoqda. Bular doimiy bazadagi instruktorlar yoki alyans a'zolari tomonidan qisqa muddatli missiyalarga yuborilgan xodimlar bo'lishi mumkin. Yangi ixtisoslashtirilgan markaz Ukrainani NATO bilan "to'liq moslashtirish" va alyans doktrinalari va standartlarini qabul qilishda yordam berish uchun treninglar o'tkazadi.

Gazetaning ta'kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari uchun bunday o'quv markazining tashkil etilishi NATO va Ukraina o'rtasidagi munosabatlardagi "yangi element" hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing