Nemis olimlari elektromobillarning xavfsizligini tasdiqladi
Texnologiya
Nemis olimlari tasdiqladiki, elektromobillar inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydi. Yangi tadqiqot natijalari bunday transport vositalaridan yuqori darajada nurlanish xavfi borligi haqidagi xavotirlarni yo‘q qildi.
Germaniyaning Radiatsiyadan himoya Federal markazi (BfS) ADAC avtomobil klubi bilan birgalikda 14 turdagi elektromobillarni o‘rganib chiqdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, transport vositalaridan chiqqan nurlanish darajasi ruxsat etilgan chegaraning 20% dan oshmaydi, bu esa, mutaxassislar fikricha, salomatlik uchun sezilarli xavf tug‘dirmaydi.
«Natijalar shuni ko‘rsatadiki, elektromobillarda haydovchi va yo‘lovchilar elektromagnit nurlanishning minimal ta’siriga duch keladi», — deydi mutaxassislar.
Tadqiqot turli markalar va modellardagi elektromobillarni qamrab oldi, kichik shahar avtomobillaridan tortib, premium modellargacha. Mutaxassislar ta’kidlashicha, olingan ma’lumotlar elektr transportiga bo‘lgan ishonchni oshiradi va uni kundalik hayotda xavfsiz ishlatish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor