Netanyaxu AQSh bosimiga qaramay yangi muddatga bormoqda

Siyosat

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hokimiyatni saqlab qolish uchun rasman kurashga kirishmoqda. Ichki ixtiloflar va Oq uyning keskin bosimiga qaramay, “Likud” partiyasi o‘z yetakchisini bo‘lajak parlament saylovlariga nomzod sifatida ko‘rsatilishini e’lon qildi.

Netanyaxu AQSh bosimiga qaramay yangi muddatga bormoqda
“Likud” partiyasi Netanyaxuning shu kuzda, ya’ni 27-oktyabrdan kechiktirmay bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida ishtirok etishini rasman ma’lum qildi. Shu bilan birga, bosh vazirning pozitsiyasi ancha zaiflashgan: insayderlarning xabar berishicha, Netanyaxu hukmron koalitsiya reytingi tushib ketgani sababli saylovda mag‘lub bo‘lishdan xavotirda. Norozilikning asosiy omili AQShning Livandagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilayotgan bosimi bo‘ldi. Bu esa bosh vazirning xalqaro maydondagi harakatlarini cheklab, Isroil ichidagi qo‘llab-quvvatlovga zarba bermoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing