Netanyaxuning uyiga dron hujum qildi, jabrlanganlar yo‘q

Dunyo

Izraelning Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Kaysariyadagi uyiga qarshi dron hujumi uyushtirildi. Yaxshiyamki, hech kim jabrlanmadi, chunki u va uning rafiqasi uyda emas edi.

Netanyaxuning uyiga dron hujum qildi, jabrlanganlar yo‘q
Hukumat vakillariga ko‘ra, dron hujumi Livandan amalga oshirilgan va u 70 kilometr masofani bosib o‘tgan. Ayni vaqtda, hukumat vaziyatni nazorat ostida saqlamoqda va xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda.

Bu hodisa sentabr oyidagi voqeani eslatadi, o‘shanda Yamandagi husiylar Binyamin Netanyaxu samolyoti Ben-Gurion aeroportiga qo‘nayotganida ballistik raketa uchirgan edi, ammo u muvaffaqiyatli ravishda yo‘q qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing