Rossiya yadroviy portlashdan himoya qiluvchi mobil boshpanalarni ishlab chiqarishni boshladi
Dunyo
Rossiyaning Fuqarolik mudofaasi va favqulodda vaziyatlar muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti (VNII GOChS) birinchi marta "KUB-M" mobil boshpanasining seriyali ishlab chiqarilishi boshlanganini e’lon qildi.
Ishlab chiqarish Nijegorod viloyatidagi Dzerjinsk shahrida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu haqida institutning 18-noyabr kungi nashrida xabar berilgan.
Mazkur boshpana "Tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar kabi turli tahdidlardan odamlarni himoya qilishni ta’minlashi" aytilgan.
2023-yil dekabr oyida loyiha ishlab chiquvchilari "KUB-M" 48 soat davomida quyidagilardan himoya qilishga qodirligini ta’kidlagan edi:
Standart jihozlangan boshpana ikki moduldan iborat, 54 kishilik joylashish xonasi va texnik blok. Boshpananing sig‘imini qo‘shimcha modullar yordamida oshirish mumkin. Loyiha ishlab chiquvchilari boshpanani oson transport qilish va mavjud muhandislik tizimlariga ulash mumkinligini haqida xabar bergan.

- yadroviy portlashning zarba to‘lqini va yorug‘lik nurlanishidan;
- radioaktiv ifloslanish va o‘tkir nurlanishdan;
- portlash va parchalanishdan kelib chiqadigan zararlardan;
- binolar konstruksiyalarining qulashidan;
- xavfli kimyoviy moddalar ta’siridan;
- yong‘inlardan.
Standart jihozlangan boshpana ikki moduldan iborat, 54 kishilik joylashish xonasi va texnik blok. Boshpananing sig‘imini qo‘shimcha modullar yordamida oshirish mumkin. Loyiha ishlab chiquvchilari boshpanani oson transport qilish va mavjud muhandislik tizimlariga ulash mumkinligini haqida xabar bergan.
Powered by Froala Editor